AsosiyDunyo

​17 yoshli velopoygachi qiz musobaqa paytida vafot etdi

'​17 yoshli velopoygachi qiz musobaqa paytida vafot etdi'ning rasmi

Olmati shahrida o`tkazilgan musobaqada qozog`istonlik velopoygachi qiz Dana Axmatova to`satdan vafot etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Yoshlar o`rtasida o`tkazilgan IV sport o`yinlarida 17 yoshli qozog`istonlik velopoygachi qiz trassada ketayotganda o`zini yomon his qilgan. Dana Axmatovaning murabbiyi uni to`xtatib, tez yordamni chaqirdi. Qiz tez yordam avtomashinasida kasalxonaga olib ketildi, ammo 29 iyun kuni Dana Axmatova kasalxonada vafot etdi. Quyosh urishi uning o`limiga sabab bo`lganligi taxmin qilinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar