1

​Fillar oilasini elektr toki urishi oqibatida halok bo`ldi

Dunyo 01.07.2017, 11:09
​Fillar oilasini elektr toki urishi oqibatida halok bo`ldi

Hindistonda qahva plantasiyasi atrofini o`rab turgan to`siqqa o`rnatilgan elektr toki fillar oilasining halok bo`lishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea Karnataka shtatining Kodagu tumanida ro`y berdi. Tok urishi oqibatida ikkita katta va ikki nafar kichkina fillar halok bo`ldi.

Jonivorlar emish izlab, to`siq oldiga borgan. Tok urishi oqibatida fillar voqea joyida halok bo`ldi. Oxirgi paytlarda jonivorlarning bu tarzda halok bo`lishi tabiatni muhofaza qiluvchilarni tashvishga solmoqda. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur hududda xuddi shu tarzda ikki yuzga yaqin fil halok bo`lgan. Mahalliy tabiatni muhofaza qiluvchilar mazkur masalani to`siqlarni ishlab chiquvchi Chamundeshwari Electricity Corporation Ltd kompaniyasi bilan muhokama qilishni rejalashtirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1