AsosiyJamiyat

​Boshlangan hafta o`zbekistonliklar uchun juda issiq bo`ladi

'​Boshlangan hafta o`zbekistonliklar uchun juda issiq bo`ladi'ning rasmi

3 dan 9 iyulgacha mamlakatimizga Turkmaniston orqali Erondan juda issiq havo oqimi kirib keladi. Shu kunlarda havo harorati iqlim me`yoridan 4-6 daraja baland bo`ladi, harorat rekordlari o`rnatilishi mumkin.

6 dan 9 iyulgacha Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat +45 ˚C isiydi.

Poytaxtda harorat +42 ˚C isiydi.

Issiq harorat 10 iyuldan so`ng chekinib, havo harorati iqlimiy me`yoriga qaytadi.

4 IYuL UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar