Aktrisa Sitora Alimjonova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ko`plab qiziqarli savollarga javob berdi. Xususan, intervyu boshlovchisi Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Sitora Alimjonovaning asli kasbi aktrisalik emasligiga shama qilib yozilgan izohini o`qib berar ekan, Sitora hamkasbining mazkur e`tiroziga nisbatan quyidagicha munosabat bildirdi:
“Odam o`zi qanaqa bo`lsa, boshqalar haqida ham shunaqa gaplarni gapiradi. Agar hamma o`z mutaxasisligi bo`yicha ishlashni talab qilayotgan ekanlar, mayli o`zlari ham faqat haqiqiy rejissyorlarni filmlarida rol ijro etsin. O`zlari aktyor bo`lsalar, nima qiladilar kino suratga olib?
Men u bilan shaxsan tanish emasman, o`rtamizda hech qanday nizo bo`lmagan, salom-aligim ham yo`q. Bir so`z bilan aytganda, Alisher Uzoqov men uchun yo`q inson! U haqda hech qachon yaxshi ham, yomon ham gap gapirmaganman”.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Sitora 8 avgust kuni turmushga chiqayotgani va to`y Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tishini aytib o`tgandi.