AsosiyJamiyat
8791

​Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

'​Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo`lladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti

Vladimir Putin Janobi Oliylariga

Muhtaram Vladimir Vladimirovich!

Tataristonda yo`lovchi avtobusi yo`l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.

Chuqur ta`ziya izhor etaman, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, jabrlanganlarning barchasi tezroq sog`ayib ketishini tilayman.

Qayg`u bilan,

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar