AsosiyJamiyat

​Nukuslik taksichi onaxonning surati Facebook`da ommalashdi

'​Nukuslik taksichi onaxonning surati Facebook`da ommalashdi 'ning rasmi

Nukus shahrida shunday "taksist" onaxon bor uni ko`pchilik taniydi. "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida ana shu taksi haydovchi onaxonning rasmi ancha ommalashib ketdi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Ijtimoiy tarmoqlarda Adil Xudaybergenov ismli foydalanuvchi shunday izoh qoldirgan: "Meni gone qalada bekatning yonidagi taksi bekatidan shu onaxon Taxiatoshga olib bordi. Qoyil qoldim. Ikki hissa pul to`ladim. Bundan 5-6 yil ilgari. Biroq unchalik ko`p gapirmas ekan".

Klara Allaniyazova ismli foydalanuvchi esa: "Bazar apa. Shu gone qala markazidagi bolalar bog`chasining eski rahbari", deya taksi haydovchi onaxonning shaxsiga aniqlik kiritib o`tgan.

Ziuaddin Allanazarov esa sal boshqacharoq fikr qoldirdi: "Genje opa Qadirova (agar adashmasam)".

"Bu opa juda sahiy! Puling kam bo`lsa ham, "Yaxshi, beraver, men bir boyib ketay deb yurganim yo`q, qarab o`tirgancha odamlarga foydam tegsin deb yuribman", deb keng feyillik ko`rsatdi", deya yozgan Raya Ernasheva.

Allayar Yusupoff ham uni maqtab o`tgan: "Shu ayolning taksisiga 2 marta o`tirdim. Haqiqiy Adrenalin!!!"

Gulaim Nurumbetova esa bu onaxonni tanqid qilib o`tgan. "O`z yoshiga yarasha uyida nabiralarini boqib o`tirsa bo`lmasmikan bu kampir. Oilasini boqib yurgan taksichilarning noniga sherik bo`lib yurgancha".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar