AsosiyDunyo

​Ruhiy kasallikka chalingan fransuz Makronni otmoqchi bo`ldi

'​Ruhiy kasallikka chalingan fransuz Makronni otmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Ruhiy kasallikka chalingan erkak Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni o`ldirishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Bastiliya olingan kunni nishonlash tadbirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni o`ldirishni rejalashtirgan, ijtimoiy xavfli bo`lgan, ruhiy kasal erkakni Fransiya maxsus xizmati muvaffaqiyatli ravishda qo`lga oldi. Terrorchilikda gumon qilingan shaxs qamoqqa olindi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari onlayn-o`yinlarga bag`ishlangan chatda Kalashnikov avtomati sotib olmoqchi bo`lib e`lon bergan odam haqida polisiyaga xabar berdi. Polisiyachilar jinoyatchining uyini tintuv qilmoqchi bo`lganda, 23 yoshli uy egasi ularni qo`lida pichoq bilan kutib oldi. Uning avtomobilidan yana bir nechta pichoq topildi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari yigitning ruhiy kasal ekanligini aniqladi. Mazkur jinoyatchi o`tgan yili terrorizmni tashviqot qilib, habash, arab va yahudiylarni yo`q qilishga chaqirgani uchun sudlanganligi ma`lum bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar