To`y-inson hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Ayniqsa, taniqli insonlarning to`ylari hamma vaqt diqqat-e`tibor markazida bo`ladi.
O`zbek shou-biznesida o`ziga xos ijro yo`nalishiga ega yosh xonandalardan biri Tohir Usmonov bo`ydoqlik bilan xayrlashmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” ning yaqin manbalari xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, yaqinda xonanda sevgan qizi bilan unashtirilgan. To`y kuni ham aniq. 7 sentyabr kuni Tohir Usmonov oilali xonandalar safidan o`rin egallaydi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, Tohir Usmonov ko`ngil qo`ygan qiz san`at sohasiga begona emas. U dizaynerlik bilan shug`ullanadi.