Afsonaviy Argentina futbolchisi Diego Armando Maradona Rossiyaga qilgan tashrifi chog`ida Rossiya fuqarosi bo`lish niyati borligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Maradona “Rossiya futbolni sevadi” harakati doirasidagi tashrifida Moskva va Sankt-Peterburgda bo`ldi, shu bilan birga Germaniya va Chili (1:0) kuch sinashgan konfederasiya Kubogi finalida ishtirok etdi.
Diego Maradona Rossiya federasiyasi prezidenti Vladimir Putindan hayratdaligini bildirib, u bilan 2018 yilning yozida o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionati oldidan uchrashish niyati borligini, futbol bo`yicha Rossiya terma jamoasi murabbiyi bo`lish orzusini ma`lum qildi.