Bavariya federal erida yo`lovchi avtobusi ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lishi munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Prezidentiga hamdardlik yo`lladi.
Hamdardlik maktubi O`zAda e`lon qilindi. Unda shunday deyiladi:
Germaniya Federativ Respublikasi
Federal Prezidenti
Frank-Valter Shtaynmayer
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Bavariya federal erida yo`lovchi avtobusi ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.
Chuqur ta`ziya izhor etaman, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog`ayib ketishini tilayman.
Qayg`u bilan,
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti