1

​Prezident Shavkat Mirziyoev Seul merini qabul qildi

Jamiyat 04.07.2017, 10:05
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Prezident Shavkat Mirziyoev Seul merini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 iyul kuni Seul shahri meri Pak Von Sunni qabul qildi.

Seul shahri meri Prezidentimizga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning ushbu mamlakatga joriy yil davomida davlat tashrifi bilan borish taklifini shaxsan topshirish uchun Toshkentga kelgan, deb yozadi O`zA.

Davlatimiz rahbari taklifni mamnuniyat bilan qabul qilar ekan, bugun O`zbekiston bilan Janubiy Koreyani do`stlik rishtalari, o`zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog`lab turganini alohida ta`kidladi.

Koreya Respublikasi mamlakatimizda sanoat va infratuzilmani diversifikasiya va modernizasiya qilishga doir ustuvor dasturlarni amalga oshirishda an`anaviy etakchi investision va texnologik sherik hisoblanadi. Janubiy Koreyaning etakchi kompaniyalari va banklarining 7 milliard dollardan ziyod investisiyalari jalb etilgan holda iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida o`nlab yirik loyihalar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.

Ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar, tibbiyot va ta`lim sohalarida o`zaro munosabatlar kengaymoqda.

O`zaro yaqin hamkorlikning bugungi yuksak bosqichiga ko`p jihatdan oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli erishildi.

Uchrashuvda bugun qabul qilingan "Yo`l xaritasi"ga muvofiq birodarlashgan shaharlar – davlatlarimiz poytaxtlari Toshkent va Seul o`rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi.

Zamonaviy texnologiyalarni keng qo`llash asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg`or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Shaharsozlik, arxitektura va landshaft dizayni sohalarida o`zaro faol hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Mamlakatlarimiz poytaxtlari o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyiha va dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida muntazam tashriflar almashish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1