Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo`lgan iboralarni yozib qoldirdi.
“Farzandingiz og`ir-bosiq, baxtli, o`ziga ishonchi yuqori bo`lib ulg`ayishini, eng asosiysi sizga hayotidagi eng asosiy inson sifatida ishonishini istaysizmi?
Men psixolog emasman, biroq siz bilan farzandlarimiz o`zlarini sevimli va himoyalangan his etishlari uchun ularga tez-tez aytib turishimiz lozim bo`lgan iboralarni bo`lishmoqchiman.
1. Men seni yaxshi ko`raman!
2. Sen hayotimizda borligingdan baxtlimiz!
3. Sen dunyodagi eng chiroyli qiz(bola)san!
4. Sen juda iste`dodlisan
5. Istagan narsangni gapirish va qilish uchun jur`atli bo`l!
6. Kechinmalaring haqida so`zla berishdan cho`chima! Ular taassurotlarini so`zlab berishsa, farzandingiz sizga sirini ishongani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang!
Mana shu so`zlarni farzandingizga imkon qadar ko`proq aytishga harakat qiling! Shundagina farzandingiz to`laqonli shaxs bo`lib voyaga etadi!”,—deb ta`kidlaydi xonanda.
Ma`lumot uchun, Lolaning ikki nafar farzandi bor. Uning qizining ismi Shahina, o`g`li esa Shohdiyor. Xonanda farzandlarining suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylab, ularning qiziqishlari, fikr va o`ylari haqida muxlislariga hikoya qilib keladi.