AsosiyDunyo

​Meksikada bosqinchilar hujumi oqibatida 9 kishi halok bo`ldi

'​Meksikada bosqinchilar hujumi oqibatida 9 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Meksikaning Ueuetlan-el-Grande munisipalitetida bosqinchilar hujumi oqibatida 9 kishi, shu jumladan polisiya boshlig`i ham halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Hukumatning ma`lumot berishicha, dushanba kuni kechasi bosqinchilar odamlarning uyiga bostirib kirib, ularni o`ldirgan. Ueuetlan polisiyasi boshlig`i ham shu tarzda uyining oldida otib o`ldirilgan.

Bosqinchilar besh kishini o`zlari bilan olib ketgan, oradan bir necha soat o`tgach, yaqin orada joylashgan qishloqdan ularning yoqib yuborilgan jasadlari topilgan. Ba`zi bir ma`lumotlarga ko`ra, o`ldirilgan odamlar o`g`irlangan yoqilg`i savdosi bilan shug`ullangan. Boshqa manbalarning ma`lumotiga ko`ra esa, o`ldirilgan odamlar mahalliy bosqinchilarga ulush bermaganliklari uchun shu tarzda vahshiylarcha jazolangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar