4 iyul kuni “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Toshkent-Issiq-Ko`l-Toshkent yo`nalishi bo`yicha yo`lovchi charter parvozini amalga oshirdi.
Ushbu yo`nalish bo`yicha charter parvoz 29 avgustga qadar Boeing 757 avialaynerlarida haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Milliy aviakompaniyaning charter parvozlar bo`yicha kelishuvi joriy yilning aprel oyida Milliy aviakompaniya hamda Qirg`iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vazirligi vakillari o`rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirildi.