Fransiya polisiyasi Tuluza shahridagi qurolli hujumni tergov qilmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Hujum oqibatida bir kishi halok bo`ldi, olti kishi yaralandi. Yaralangan ikki kishining ahvoli og`ir, deb baholanmoqda.
Dastlaki ma`lumotlarga ko`ra, motosikl va skuter mingan ikki kishi olomonga qarshi o`q uzib, voqea joyidan yashiringan. Polisiya mazkur voqeaga izoh bermadi. Jurnalistlarning “Bu terrorchilikmi yoki mahalliy jinoiy to`dalarning janjalimi?”, degan savollariga polisiya tergov endi boshlanganligini ma`lum qildi. Voqea joyi polisiyachilar tomonidan o`rab olindi.