AsosiyDunyo

​Kal erkak soch o`stiradigan 7 quti dori vositasini o`g`irladi

'​Kal erkak soch o`stiradigan 7 quti dori vositasini o`g`irladi'ning rasmi

Amerikaning Michigan shtatidagi Dirborn shahridagi dorixonalardan biridan kal erkak 7 quti soch o`stiradigan dori vositasini o`g`irladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Dorixona AQShdagi yirik farmasevtika do`konlari tarmog`iga tegishlidir. Kirish eshigi tepasiga o`rnatilgan videokamera eshikdan atrofga alanglab kirib kelayotgan kal erkakni suratga olgan. U dorixonaga kirib, 7 quti soch o`stiradigan dori vositasini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. O`g`irlangan dori vositasining narxi 380 dollarni tashkil etadi. O`g`rini qo`lga olish uchun polisiya shahar aholisidan yordam so`radi. Polisiyachilar “o`g`ri qaytib keladi” deb hazillashmoqda. Chunki u o`g`irlagan dori vositasidan muntazam ravishda foydalanish zarur.

Boshqa yangiliklar