AQSh hukumati afg`onistonlik robototexnika havaskorlari bo`lgan qizlarga viza berishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Afg`onistonlik qizlar jamoasi AQShda robototexnika bo`yicha o`tkaziladigan musobaqada ishtirok etishlari lozim edi. AQSh hukumati Iroq, Sudan va Suriya mamlakatlari jamoasiga mamlakatga kirishga ruxsat berdi. Afg`on jamoasi tarkibidagi olti nafar qiz endi o`zlari yaratgan robotni Vashingtondan ko`rsatiladigan efirda tomosha qilishlariga to`g`ri keladi. AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzo chekilgan yangi migrasiya farmonida Afg`oniston kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro`yxatiga kiritilmagan. Nashrning xabar berishicha, gambiyalik qizlar jamoasining ham AQShga kirishi taqiqlangan.
Eslatib o`tamiz, Donald Tramp o`z farmonida 90 kun mobaynida Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlagan edi.