Xitoyning Szilin viloyatidagi Sun`yuan shahar okrugida gaz quvuri portlashi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 89 kishi jabrlandi, ulardan 14 kishi og`ir tan jarohati oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Shahar kasalxonasi oldidagi kanalizasiya quvurlari ta`mirlanayotganda, uning yonidan o`tgan gaz quvuridan gaz chiqa boshlagan. Voqea joyiga gaz quvurlari operatorlari kompaniyasi xodimlari etib kelgan. Ular ta`mirlash ishlarini olib borayotganda portlash ro`y bergan. Voqea joyida turgan odamlar, tibbiyot xodimlari va kasalxona bemorlari jarohatlandi.