AsosiyDunyo

​Tripoli plyajiga raketa tushishi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi

'​Tripoli plyajiga raketa tushishi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi'ning rasmi

Liviya poytaxti Tripoli shahar plyajiga raketa tushishi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea 4 iyul kuni Mitiga aeroporti qarshisida joylashgan plyajda ro`y berdi. Halok bo`lganlar orasida yosh bola ham bor. Seshanba kuni aeroport oldida jinoyatchilar guruhi va xavfsizlik xizmati xodimlari o`rtasida jang bo`lgan. Ammo tinch aholiga qarshi qasddan hujum qilingani haqida hech qanday ma`lumot berilmagan.

Ayni paytda Liviyada ikki hukumat — mamlakatning sharqiy qismidagi Tobruk shahrida xalq tomonidan saylangan parlament, g`arbiy qismidagi Tripoli shahrida BMT va Evropaning qo`llab-quvvatlashi natijasida tashkil etilgan, Fayoz Sarraj rahbarlik qiluvchi milliy kelishuv hukumati faoliyat olib bormoqda.

Liviyaning sharqiy qismidagi hukumat Tripolidan mustaqil ravishda milliy armiya bilan hamkorlik qiladi. Milliy armiya uzoq vaqtlardan beri terrorchilar bilan jang olib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar