Sankt-Peterburgda Fontanka daryosida sayr qilish uchun mo`ljallangan kema Lomonosov ko`prigiga kelib urildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mazkur hodisa haqidagi xabar ichki ishlar bo`limiga
4 iyul kuni kechqurun kelib tushdi. Teploxod bortida 40 kishi bo`lgan, ular nikoh to`yini nishonlashgan. Kelin va mehmonlar kasalxonaga yotqizildi. Falokat yuzasidan tergov ishlari boshlandi. To`qnashuvga rul boshqaruvining yo`qotilishi sabab bo`lganligi taxmin qilinmoqda.