O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli o`zgarishlarga o`z xissalarini qo`shishni xoxlagan, “Jaxolatga qarshi ma`rifat” shiori ostidagi ma`rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishni niyat qilgan Toshkent viloyatining nuroniy otaxon va onaxonlari (bugungi kunda 250 mingga yaqin yosh bo`yicha nafaqaxo`rlar bor) “Nabiramga bir kitob” aksiyasi tashabbusi bilan chikdilar.
Bugun Toshkent viloyatining ma`muriy markazi O`rta Chirchiq tumanidagi “Ma`naviyat va ma`rifat” markazida bo`lib o`tgan tadbirda faol ishtirok etdilar.
Tadbirda ular kitob yaramarkasiga tashrif buyurgan kam ta`minlangan oilalarning farzandlariga hamda radikal oqimlarlar ta`siriga tushgan oilalarning farzandlariga ularni qiziktirgan mavzudagi kitoblarni sovg`a kildilar.
Viloyat nuroniylari yil davomida kamida 2 nafardan bolalarni (nabiralarini) kitobga bo`lgan qizikishini kuchaytirish hamda viloyat xududidagi kitob do`konlari va kutubxonlarga yoshlarni jalb qilishga yordam berishni o`zlariga vazifa qilib oldidlar.