2017 yilning 5 iyul kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, Chimyon tog` yon bag`rida fuqaro B. Kadateskiy yo`qolganligi haqida turmush o`rtog`i Snejana tomonidan xabar berilgan.
Snejananing aytishicha, B. Kadateskiy qo`ng`iroq qilib, oyog`i singani va FVV tomonidan yordam kerakligi haqida xabar bergan.
Shu bilan birga u toqqa chiqish yo`nalishini hech kim bilan kelishmay maxsus toqqa chiqish anjomlarisiz va ko`nikmalarsiz piyoda ketganligi aniqlandi.
Ushbu xabar olingan zahoti Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari uchun 3 ta guruh ajratilgan.
6 iyul kuni esa qidiruv ishlariga O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli aviasiya kuchlari jalb qilindi.
Hozirgi paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.






