AsosiyDunyo
4966

​Caxalin aholisi 26 yoshli ayolni jodugarlikda ayblab, uyiga o`t qo`ydi

'​Caxalin aholisi 26 yoshli ayolni jodugarlikda ayblab, uyiga o`t qo`ydi'ning rasmi

Saxalinning Pobedino qishlog`i aholisi 26 yoshli ayolni jodugarlikda ayblab, uyiga o`t qo`ydi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, qishloq erkaklari 26 yoshli Varvara Nigmatullinani jodugarlikda ayblab, uning uyini yoqib yuborishgan. Varvaraning turmush o`rtog`i giyohvandlik moddasi iste`mol qilib, o`z joniga qasd qilgandan keyin qishloqdoshlarining unga bo`lgan munosabati o`zgargan. Ular erining o`limida Varvarani ayblashgan. Uyga o`t qo`yilganda Varvara ishda, farzandlari esa uyda bo`lmagan. Uy batamom kuyib, kul bo`lgan. Ayni paytda Varvara farzandlari bilan ko`chada qolgan. Mahalliy aholi u sehr-jodu qilib, boshqalarga ham zarar etkazishi mumkin deb, ayolga yordam berishdan bosh tortdi. Hozirda mahalliy hukumat vakillari hodisani umumiy nazoratga olib, Rossiya tergov qo`mitasi hamda boshqa tashkilotlarga shikoyat va so`rovnoma tayyorlamoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar