1

​Boliviyada yuk mashinasi olomonni bosib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

Dunyo 07.07.2017, 11:14
​Boliviyada yuk mashinasi olomonni bosib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

Boliviyaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Chayanta shtatida yuk mashinasi festival ishtirokchilarini bosib ketdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Chayanta viloyatida har yili katta yo`l yaqinida festival bo`lib o`tadi. Boshqaruvni yo`qotgan yuk mashinasi festival ishtirokchilarini bosib ketishi oqibatida sakkiz kishi halok bo`ldi, besh kishi jiddiy jarohatlandi. Falokat guvohlari yuk mashinasi haydovchisini kabinadan chiqarib, o`lasi qilib do`pposlashdi. Polisiya vakilining so`zlariga qaraganda aholining o`zi haydovchini sud-so`roqsiz olomon qilmoqchi bo`lgan, ammo keyinchalik fikrlaridan qaytib, uni polisiya vakillariga topshirishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1