1

​ALLIGATOR BOTQOQQA QULAGAN SAMOLYoT UChUVChISINI YuTIB YuBORDI

Dunyo 07.07.2017, 15:11
​ALLIGATOR BOTQOQQA QULAGAN SAMOLYoT UChUVChISINI YuTIB YuBORDI

AQShda botqoqqa qulagan samolyot uchuvchisini alligator yutib yubordi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bortida bir kishi bo`lgan “Sessna 152” samolyoti Florida shtatidagi Xomsted shahri yaqinidan bir necha milya uzoqqa quladi. Transport vositasi Mayamidagi Air Christian Inc. uchuvchilar maktabiga tegishli bo`lib, uchuvchi o`zboshimchalik bilan 1 iyul kuni parvozni amalga oshirgan va qayta aloqaga chiqmagan. Qidiruv ishlari natijasida 5 iyul kuni samolyot parchalari topildi. Uchuvchining jasadini esa botqoqlikdagi timsohlar eb qo`ygan. Dastlabki taxminlarga ko`ra, falokatga uchuvchining qorong`ilikda yo`nalishni aniqlay olmagani sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1