Prezident Mingbuloq tumanidagi mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mingbuloqneft” O`zbekiston – Xitoy qo`shma korxonasiga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 11-13 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi davomida Xitoy Milliy neft-gaz korporasiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilin bilan uchrashdi. Mazkur korporasiya mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish, Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash jarayonida faol ishtirok etmoqda. Uchrashuvda yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va O`zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyasini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
“Mingbuloq konida qidiruv va qazib olish” loyihasi uzoq istiqbolga mo`ljallangan keng ko`lamli loyihadir. Loyiha doirasida 4 qidiruv-burg`ilash qudug`i ishga tushiriladi va 4 mavjud quduq kapital ta`mirlanadi.
Mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasining 2017 yil Davlat investisiya dasturining manzilli ro`yxatiga kiritilgan bo`lib, ayni paytda bosh pudratchi – “Xibu Duolling Engineering” kompaniyasi burg`ilash maydoni va vaxta qarorgohidagi tayyorgarlik ishlari yakuniga etkazildi. Joriy yilda Mingbuloq neft koni ma`muriy binosini ta`mirlash, M15 qidiruv-burg`ilash qudug`ini ishga tushirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun Xitoy moliya-tijorat institutlari kiritadigan 15 million dollarga teng sarmoya o`zlashtirilishi ko`zda tutilgan.
Yaqinda bu erda M15 qidiruv qudug`i ishga tushirildi. Quduqda burg`ilash ishlari katta – 6 ming metrgacha chuqurlik, anomal bosim – 1200 atmosfera bosimi va kollektorlarning geologik murakkab tuzilishi sharoitida olib borilishi eng zamonaviy muhandislik echimlarini taqozo etadi. 25 yilga mo`ljallangan va umumiy qiymati 255 million dollardan ortiq bo`lgan ushbu loyiha natijasida Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib olish rejalashtirilgan.
M15 qidiruv-burg`ilash qudug`ining ishga tushirilishi bilan 130 dan ziyod ish o`rni yaratildi.
Prezidentimiz ushbu korxona mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda muhim o`rin tutishini ta`kidladi. Quruvchilar va xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Shu erda Farg`ona vodiysida o`tkazilgan geologik qidiruv ishlari natijalari haqida ma`lumot berildi. Bu ko`plab turdagi tabiiy boyliklarni aniqlash imkonini berdi. Kelgusida ularni o`zlashtirish bo`yicha zamonaviy korxonalar tashkil etiladi.
Namangan viloyatida quriladigan gidroelektr stansiyalari loyihasi ham namoyish qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Namangan viloyatida umumiy quvvati 38,5 mVt, ishlab chiqarish quvvati 150,8 million kVt soatni tashkil etuvchi kichik gidroelektr stansiyalarini qurish ko`zda tutilgan. Jumladan, Uchqo`rg`on tumani hududida Katta Farg`ona kanalida kichik GESlar kaskadini qurish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz suvdan energiya olish tabiat in`om etgan imkoniyat ekani, bunday energiya qayta tiklanishi, ekologik tozaligi va arzonligi bilan afzal bo`lishini ta`kidladi. Xitoy tajribasi asosida mamlakatimizning barcha hududida kichik gidroelektr stansiyalari qurilishi, kelgusida elektr ta`minotining katta qismi ushbu manbalar hisobidan qoplanishini qayd etdi.
Suv tozalash inshootlari barpo etish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash qamrovini kengaytirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi. Bu borada tizimli yondashuv zarurligi ta`kidlandi, mutasaddilarga ko`rsatmalar berildi.
21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...29.08.2022, 11:46
Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...17.08.2022, 16:42
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...