1

​Misrda jangarilar hujumi oqibatida o`n nafar harbiy vafot etdi

Dunyo 07.07.2017, 17:11
​Misrda jangarilar hujumi oqibatida o`n nafar harbiy vafot etdi

Bugun, juma kuni tongda Sinay yarim orolidagi jangarilar hujumi oqibatida o`n nafar Misr harbiylari halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, jangarilar Falastinning G`azo sektori yaqinidagi Rafax shahrida harbiylarga hujum qilgan. Jangarilar bilan bo`lgan to`qnashuvda misrlik, maxsus xizmati zobiti bo`lgan podpolkovnik ham halok bo`lgan.

Misr hukumati uch yildan beri Sinay yarim orolidagi borish qiyin bo`lgan joylarga joylashib olgan ekstremistik guruh jangarilariga qarshi antiterrorstik operasiya o`tkazib keladi. Shuning uchun mazkur hududda jangarilar bilan hukumat harbiylari o`rtasida tez-tez to`qnashuvlar bo`lib turadi. So`nggi paytlarda jangarilar hujumidan yuzlab polisiya xodimlari va harbiylar halok bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1