AsosiyJamiyat

SOLIQ XIZMATI TOMONIDAN BIR HAFTADA 4150 TA HUQUQBUZARLIK HOLATLARI ANIQLANDI

'SOLIQ XIZMATI TOMONIDAN BIR HAFTADA 4150 TA HUQUQBUZARLIK HOLATLARI ANIQLANDI'ning rasmi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko`ra, o`tgan hafta davomida 4150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O`tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to`g`ri xulosa chiqarib, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab o`ttiz kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 1061 nafar tadbirkorlik sub`ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma`muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o`ttiz kunlik muddat ichida tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan va davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 96 nafar jismoniy shaxs sudlar tomonidan ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo`pol ravishda buzib, huquqbuzarlikka yo`l qo`ygan 2993 nafar shaxsga nisbatan 988,7 million so`m miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar