Birjadan tashqari valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo`yicha operasiyalarni o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartishlar kiritildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.a.
30 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni imzoladi. Markaziy bank vakillarining nashrga bildirishicha, hujjatga muvofiq bir qator o`zgarishlar joriy etiladi.
Xususan, vakolatli banklar va mijozlar o`rtasida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo`yicha operasiyalarning o`tkazilishida oldingi haftalarda bo`lib o`tgan banklararo savdo sessiyalarida qayd qilingan kurslarning o`rta ko`rsatkichlari qo`llanishini ko`zda tutadigan 19-band o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.
Bundan tashqari, nizomning 43-bandi o`zgartirildi. Endilikda birjadan tashqari valyuta bozorida bunday operasiyalar vakolatli banklar tomonidan bozor kursi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida amalga oshiriladigan bo`ldi.
Ilgari bunday operasiyalar oxirgi banklararo savdo sessiyasida chet el valyutasiga bo`lgan talab va taklif asosida shakllangan erkin kurs asosida amalga oshirilar edi.






