1

BOLGARIYaGA DAM OLIShGA KELGAN ROSSIYaLIK OILA QAMOQQA OLINDI

Dunyo 08.07.2017, 10:24
BOLGARIYaGA DAM OLIShGA KELGAN ROSSIYaLIK OILA QAMOQQA OLINDI

Bolgariya sudi Muqaddas Vlas kurortiga dam olishga kelgan, polisiya tomonidan qo`lga olingan ikki nafar rossiyalik fuqaroning appelyasiyasini ko`rib chiqdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ular ayni paytda Burgas qamoqxonasida saqlanmoqda. Bundan bir hafta ilgari Egorovlar yashaydigan uyga polisiya xodimlari bostirib kelib, ularni ayvondan irg`itilgan tosh bilan restoran gumbazini sindirganlikda ayblashdi. Polisiyachilar ota-bola Egorovlarning qo`liga kishan solib, kaltaklashdi. Ular mazkur uyni 2013 yilda sotib olishgan. Uyning yonida joylashgan mehmonxona ma`muriyati qanday qilib bo`lsa ham Egorovlarni uydan haydab chiqarishga qaror qilgan. Polisiyachilar esa Egorovlarning xonadoniga kelib, janjal ko`tarmaganliklarini, ularning o`zi hujum qilganini bildirdi. Qo`la olingan ota-bolaga 5 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1