AsosiyDunyo

​O`LIMI BAShORAT QILINGAN, AMMO HAMON TIRIK BO`LGAN DUNYoNING ENG PAKANA QIZI (VIDEO)

'​O`LIMI BAShORAT QILINGAN, AMMO HAMON TIRIK BO`LGAN DUNYoNING ENG PAKANA QIZI (VIDEO)'ning rasmi

Qizaloq Sharlotta Gersayd dunyoga kelganda shifokorlar dahshatga tushgan edi, deb yozadi Pozitivno.me nashri.

Ular mehnat tajribasi davomida ilk marotaba bunday qizaloqni uchratishdi. Qizcha pakanalikning eng kam uchraydigan turi bilan tug`ilgan edi. Dunyo bo`yicha Sharlottaga o`xshagan odamlarning soni o`ntaga ham etmasdi. Shifokorlar u bor-yo`g`i bir yil yashashi mumkinligini bashorat qilishdi. Bundan g`amga tushgan er-xotin chaqaloqni ko`targancha, ko`zda yosh bilan uyga qaytishdi. Ilk davrlarda Sharlottaga loyiq kiyim-kechak bo`lmagani bois, ota-onasi unga qo`g`irchoqlarning kiyimini kiydirishga majbur bo`ldi. Ammo shifokorlarning bashorati amalga oshmadi, avvaliga 5 yoshlik yubileyini nishonlagan Sharlotta keyin maktabga jo`nadi. Birinchi sinfda uning bo`yi 68 santimetr bo`lib, og`irligi 5 kilogrammni tashkil etardi. Hozir qiz voyaga etganiga qaramay, hamon bo`yi o`smagan. Sharlottaning uchta opasi bo`lib, ularning bo`y-basti tengdoshlarinikidan farq qilmaydi. Opalari Sharlottani juda yaxshi ko`rishadi, ular singillarini har qanday xavf-xatardan himoya qilishadi. Sharlota jismoniy kamchiligiga qaramay, o`zining qiziqishlariga, do`stlariga ega. Uning to`laqonli hayot kechirishida, oiladagilar va do`stlarining mehr-muhabbati, e`tibori katta rol o`ynadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar