AsosiyDunyo

​HINDISTON SUDI GURUNING JASADINI MUZLATKIChDA SAQLAShGA RUXSAT BERDI

'​HINDISTON SUDI GURUNING JASADINI MUZLATKIChDA SAQLAShGA RUXSAT BERDI'ning rasmi

Hindiston sudi diniy ustoz — guruning jasadini ruhi qaytib kelishini hisobga olib, dafn etmasdan muzlatkichda saqlashga ruxsat berdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Diniy tashkilot asoschisi , guru Ashutosh Maxaraj 2014 yilning yanvar oyida Panjob shtatida yurak xurujidan olamdan o`tgan edi. Uning shogirdlari Maxarajning o`lmaganligini, balki chuqur meditasiyada ekanligini ma`lum qilib, uning tanasini muzlatkichda saqlab kelishgan. Birinchi bosqich sudi Maxarajaning tanasi hind urf-odatlariga binoan yoqilishi kerak, degan qaror chiqargan edi. Buni guruning o`g`li Dalip Kumar ham talab qilgandi. Ammo chorshanba kuni Panjob va Karyan shtatlari sudi guruning tanasini Panjobning Ludxiyana shahri tibbiyot markazi shifokorlari nazorati ostida muzlatkichda saqlashga ruxsat berdi.

Boshqa yangiliklar