AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik maktubiniyo`lladi..


Yaponiya Bosh vaziri

Sindzo Abe
Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Fukuoka va Oita prefekturalarida ro`y bergan tabiiy ofat oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va vayrongarliklar kelib chiqqani haqidagi xabar chuqur qayg`uga soldi.

Mening chuqur ta`ziyamni qabul qilishingizni, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog`ayib ketishini tilayman.

Qayg`u bilan,

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Boshqa yangiliklar