Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifning birinchi kuni yakunida viloyat faollari ishtirokida videoselektor yig`ilishi o`tkazdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Yig`ilishda Namangan shahar hokimi Bahodir Bekxo`jaev ishdan olindi. Shaharning qolgan mas`ul rahbarlari — prokuror, IIB va DSI boshlig`ining faoliyatiga baho berish tegishli respublika idoralari mutasaddilariga havola etildi.
Shuningdek, yig`ilishda Namangan viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari To`lqin Dadabaev ham vazifasidan ozod etildi.