Primore polisiyasi odamlar dam olayotgan plyajda arqon yordamida sayr qildirilayotgan amur yo`lbarsi aks etgan videoni tekshirmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mahalliy OAVlar odam ko`p bo`lgan plyajda ulkan yo`lbarsni etaklab yurgan erkakni ko`rish mumkin bo`lgan videoni namoyish etdi. Videorolik Naxodka plyajida suratga olingan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan keyin uni polisiya tekshirmoqda.