AsosiyDunyo

​YaXShILIK QILSANG, SUVGA AYT, BALIQ BILAR, BALIQ BILMASA, XOLIQ BILAR.

'​YaXShILIK QILSANG, SUVGA AYT, BALIQ BILAR, BALIQ BILMASA, XOLIQ BILAR.'ning rasmi

Tisha Bosheminning katta va ahil oilaning bekasi edi. Sevimli turmush o`rtoq, shirindan-shakar besh farzand – baxt uchun yana ne kerak?

Ayol o`zining hayoti tubdan o`zgarib ketishi etti uxlab tushiga kirmagandi. Yaqindan bilmagan qo`shniga ayolga yordam qo`lini cho`zishga rozi bo`lgan Tisha tez orada butun dunyoga mashhur bo`lib ketishini kim bilibdi deysiz! Avvallari Tisha qo`shnisi Odri bilan salom-alikdan nariga o`tmasdi. Axir, har kimning o`ziga yarasha tashvishi bor.


Kunlardan bir kuni Odri zudlik bilan shifoxonaga yotishiga to`g`ri kelib qoldi va u qo`shnisi Tishadan yordam so`radi. Ko`p farzandli Tisha qo`shnisining uch farzandiga qarab turishga rozi bo`ldi. Ammo ertasi kuni ertalab uch farzandning onasi qaddi dol bo`lib uyiga qaytdi – do`xtirlar Odrida saraton kasalligi borligini aniqlashibdi!


O`shandan keyin Odri bilan Tisha oralaridan qil o`tmas dugonaga aylandilar. Odri shunga amin bo`ldiki, Tisha – kvartaldagi yomon kunda yo`ldosh bo`la oladigan yagona ayol ekan. Tisha Boshiga kulfat tushgan Odrini har tomonlama qo`llab-quvvatladi. Baxtga qarshi Odrining sanoqli kunlari qolganligi ma`lum bo`ldi. Odri tez orada bandalikni bajo keltirishini ich-ichidan sezardi. Sirasini aytganda, ayolni o`lim emas, bolalarining taqdiri tashvishga solardi. Shuning uchun ham Odri so`nggi tilagini aytarkan, Tishadan o`zining bolalarini qaramog`iga olishni so`radi. Er-xotin Bosheminlar jujuqchalarga mehr va parvarish kerakligini anglab, sira o`ylab o`tirmay, Odrining uchala farzandini asrab olishdi. Shundog`am etti kishidan iborat oilada endi odam soni o`nta bo`ldi. Lekin uy tor bo`lgani bilan ko`ngil keng bo`lsa, barchasi chikora. Onadan etim qolganlarni Tishining oilasi muloyimlik bilan qarshi oldi. Onalarining dog`ida kuyayotgan bolakaylarning ko`zida mehr-muhabbat tufayli yana quvonch uchqunlari ko`rina boshladi.



Shunday kunlarning birida oilaga syurpriz qilmoqchi bo`lgan telekanaldan vakillar kelishdi. Avvaliga Bosheminlar bir necha kunga mehmonxonaga ko`chib o`tishlariga to`g`ri keldi. Uyga qaytgach, ular ko`zlariga ishonishmadi. To`kilib tushay deb turgan uyning o`rnida yangi ta`mirdan chiqqan, barcha shart-sharoitga ega koshona qo`r to`kib turardi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar