Amerikaning Kaliforniya shtatidagi o`rmon yong`inlari tufayli sakkiz ming kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, yong`in tufayli Sakramento shahridan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Serra-Nevada tog` tizimi yaqinida yashovchi 4 ming kishi evakuasiya qilindi. Yana 7, 4 ming aholi xavf tug`ilganda ko`chishga tayyor turibdi. Janubiy Kaliforniya vodiysidagi Santa-Barbaraning sharqiy qismidan taxminan 3,6 ming odam evakuasiya qilindi. 150 kishi, shu jumladan 90 nafar bola yong`in sababli sog`lomlashtirish lagerida vaqtinchalik qamalib qoldi.