AsosiyJamiyat

​Toshkentda “Jaholatga qarshi – ma`rifat” tadbiri o`tkazildi

'​Toshkentda “Jaholatga qarshi – ma`rifat” tadbiri o`tkazildi'ning rasmi

2017 yil 7 iyul kuni Toshkent shahridagi O`zbek Milliy akademik drama teatrida Toshkent viloyati xududida yashovchi nosog`lom buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushgan va bugungi kunda o`z qilmishlaridan chin qalbdan pushaymon bo`lganlar, extiyojmand oilalar va viloyatning barcha soxalarida faol bo`lgan ayollar uchun “Jaholatga qarshi – ma`rifat” mavzuida tadbir bo`lib o`tdi.

Ishtirokchilar teatrga kirish qismida musiqachilar tomonidan qizg`in kutib olindi.

Tadbirni o`tkazishdan ko`zlangan maqsad albatta, bugungi kunda O`zbekistonning davlat mustaqilligi - xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta`minlash, bugungi murakkab davrda g`oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g`arazli maqsadlarini fosh etishda xalqimizni ayniqsa yoshlarimizni bilimli va yuksak ma`naviyatli qilib tarbiyalashda kitob o`qishga bo`lgan munosabatlarini ularning bobolari va ota-onalari tomonidan singdirishdan iborat.

Tadbir doirasida O`zbekiston xalq artisti Yoqib Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tesha Mo`minovlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi bunyodkorlik ishlari xaqida gapirib, o`zlarining samimiy tilaklarini she`rlar orqali izxor qilishdi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilarga “Iymon” spektakli namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar