Dunyoning eng keksa gippopotami – 65 yoshli Berta laqabli urg`ochi Manila hayvonot bog`ida vafot etdi.
Bog` direktori Xames Dichaves 2,5-tonnali begemot juda ko`p organlarining ishdan chiqqanligi sababli halok bo`lganligini ma`lum qildi.
Berta hayvonot bog`ining eng keksa jonzotlaridan bo`lib, bog`da 1959 yildan buyon yashaydi. Uning jufti 1980-yillarda vafot etgan va ular o`zlaridan bola qoldirishmagan.
Ozodlikda yashamaydigan begemotlarning hayoti davomiyligi 40 dan 50 yoshgachani tashkil qiladi. Bundan oldin dunyoning eng keksa gippopotami Donna bo`lib, u 2012 yilda Amerikaning Indiana shtatida 62 yoshda vafot etgan.