AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy xizmatchi yigitning shamol uchirib ketgan furajkasini erdan qolib, kiygizib qo`yishga urindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Donald Tramp Merilend shtatidagi Endryus harbiy bazasidagi AQSh piyoda qo`shinlari Korpusi vertolyoti bortiga ko`tarilayotganda, trap oldida turgan harbiy xizmatchining furajkasini shamol uchirib ketganligini ko`rdi. Tramp erga tushgan furajkani olib, uni yigitning boshiga kiygizdi. Biroq kuchli shamol oqibatida furajka yana uchib ketdi. Tramp erinmay ortiga qaytib, yana furajkani oldi va yigitning elkasiga urgancha, bortga ko`tarildi. Askar yigit esa belgilangan tartibga rioya qilgan holda o`rnidan qimirlamadi. Mazkur video Amerika OAVlarida chop etilgach, ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Aksariyat amerikaliklar prezidentining harakatini qo`llab-quvvatladi. Hattoki Tramp bilan yomon munosabatda bo`lgan CNN ham uni maqtadi.