Xaltmaagiyn Battulga dushanba kundan boshlab, Mongoliya prezidenti vazifasini ado etishga kirishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mongoliya Davlat qarorgohida bo`lib o`tgan tantanali inaugurasiya marosimida deputatlar, Konstitusion sud rahbari, 2017 yilgi prezident saylovida qatnashgan boshqa nomzodlar, chet ellik diplomatlar ishtirok etishdi. Yangi prezident o`z nutqida tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, Xitoy va Rossiya bilan barcha sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yishga va`da berdi.
Parlamentda ozchilikni tashkil etuvchi demokratik partiya tomonidan nomzodi qo`yilgan Xaltmaagiyn Battulga 7 iyul kuni o`tkazilgan Mongoliya prezidentligiga saylovda g`alaba qozondi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, u 50,6 % ovozga ega bo`lgan. Saylovda 60,9 % saylovchi qatnashgan.
19.04.2024, 18:05
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...19.04.2024, 14:58
Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...03.02.2023, 11:00
O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...01.02.2023, 09:59
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...