Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Sergeli tumanidagi Qipchoq ko`chasida quriladigan yo`l o`tkazgich loyihasi bilan tanishdi.
Qipchoq ko`chasi temir yo`l bilan kesishgan joyda uzunligi 1011, eni 28 metr bo`lgan ko`prik qurilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Qipchoq ko`chasi kengaytirilmoqda. Natijada ushbu ko`cha Yangi Sergeli aylanma yo`li bilan Toshkent xalqa yo`lini bog`lab, transportlar harakati uchun yangi qulayliklar yaratadi.
Davlatimiz rahbariga shu erda obodonlashtirish ishlariga ixtisoslashgan yangi mashinalar namoyish etildi, deb yozadi O`zA.