Kaliningrad ustida parvoz qilayotgan NATO razvedkachi samolyotining yo`lovchi tashuvchi layner bilan to`qnashishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Hodisa Boltiq dengizining neytral hududida ro`y berdi. Harbiy samolyot Xelsinkidan Myunxenga parvozni amalga oshirayotgan samolyot bortiga xavfli tarzda yaqin keldi. A-321 fuqarolik aerobusi ekipajining ogohlantiruvchi tizimi ishga tushdi. Nashrning xabar berishicha, harbiy samolyot laynerdan bor-yo`g`i 150 metr uzoqlikda bo`lgan. NATOning Boeing samolyoti radioelektron razvedka va aerofotos`yomka uskunalari bilan jihozlangan.