AsosiyDunyo

​KRASNOYaRSK TELEVIDENIESI BOShLOVChISI JONLI EFIRDA MAOShLARINI OShIRGAN DEPUTATLARNI “MAQTADI” (VIDEO)

'​KRASNOYaRSK TELEVIDENIESI BOShLOVChISI JONLI EFIRDA  MAOShLARINI OShIRGAN DEPUTATLARNI “MAQTADI” (VIDEO)'ning rasmi

Krasnoyarsk TVK telekanalining “Novoe utro” ko`rsatuvi boshlovchisi Aleksandr Smol jonli efirda mahalliy Qonunchilik kengashi deputalari o`z maoshlarini ikki barobar — 200 ming rublgacha oshirganini ma`lum qilib, ularni “maqtadi”, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Boshlovchi xalq deputatlarini juda chiroyli so`zlar bilan “maqtadi”. U deputatlarga mazkur ishlari uchun “minnatdorchilik bildirib”, studiyadagi xodimlar bilan birga ularning ishini “olqishlab”, chapak chaldi.

Krasnoyarsk Qonunchilik kengashi deputatlari so`nggi sessiyada bir ovozdan maoshlarini ikki barobar oshirishga kelishishdi. Ular endi barcha qo`shimchalarni hisobga olgan holda oyiga 200 ming rubldan maosh oladigan bo`lishdi.

TVK — Krasnoyarsk shahridagi mustaqil telekompaniya bo`lib, 1994 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Telekanal 12 marotaba “TEFI-Region” televizion mukofotiga sazovor bo`lgan.


Boshqa yangiliklar