Bugun, 11 iyul kuni erta tongda Yaponiyaning janubiy qismida 5,2 balli zilzila kuzatilib, sunami xavfi e`lon qilindi, deb xabar qildi Vesti.ru nashri.
Mazkur hududda joylashgan “Senday” AESi zarar ko`rmay, jadval asosida ishlamoqda.
Hukumat odamlarni xotirjamlikni saqlashga chaqirib, ularni xavf-xatardan himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko`rilishini ma`lum qildi. Zilzila xavfi oldindan zilzilani aniqlovchi tizim orqali aniqlandi. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q. Uch yarim mingdan ortiq uy chiroqsiz qoldi.