AQShning Missisipi shtatida harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida samolyot bortida bo`lgan 16 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, S-130 “Gerkules” samolyoti halokatga uchragan. Falokat 10 iyul kuni tunda ro`y berdi. Halok bo`lganlarning jasadini qidirib topish ishlari davom etmoqda. Falokatga guvoh bo`lgan odamning ma`lumot berishicha, samolyot dalaga qulagan. U voqea joyiga etib kelguncha, samolyotda kuchli yong`in ko`tarilib, yonib ketgan. Shiddatli yong`indan samolyotga yaqinlashishning iloji bo`lmagan.
Fox News nashrining yozishicha, Jekson shahridan 140 kilometr uzoqlikka qulagan samolyot AQSh dengiz piyodalari Korpusiga tegishli bo`lgan. Bu ma`lumotni mazkur Korpus ham tasdiqladi. Samolyotda o`q-dorilar bo`lgan.