​Toshkent—Samarqand yo`lining Qozog`iston orqali o`tuvchi uchastkasi ochildi

Jamiyat 12.07.2017, 09:51
Teglar: Toshkent, Qozog`iston, ​Samarqand
​Toshkent—Samarqand yo`lining Qozog`iston orqali o`tuvchi uchastkasi ochildi

11 iyul kuni Toshkent va Samarqand o`rtasidagi M-39 yo`lining Qozog`istonning Maqtaaral tumani orqali o`tuvchi uchastkasi yana ochildi. Bu haqda “O`zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Shu kuni O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegaralarida joylashgan “Malik” (“Sirdaryo” va «Oq oltin» («Selinniy») avtomobil o`tkazish punktlari faoliyat ko`rsatishni boshladi.

M-39 yo`lining qo`shni mamlakat hududi orqali o`tuvchi 25 kilometrga yaqin masofadagi uchastkasi 2006 yilda yopilgan edi. Ikki davlat rahbarlarining kelishuvi sharofati bilan uning ochilishi bo`lib o`tdi.

Yo`lning ochilish marosimida O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Ulug`bek Rozuqulov, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi. Qozog`iston tomonidan Qozog`iston investisiyalar va taraqqiyot vaziri o`rinbosari Roman Sklyar, Janubiy Qozog`iston viloyati hokimi Janseit Tuymebaev, Qozog`istonning Toshkentdagi elchisi Erik Utembaev va boshqalar ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidentining 26 apreldagi qaroriga muvofiq, trassa ochilishi 15 mayda bo`lib o`tishi kerak edi, biroq bu sana ko`chirildi. Yo`l orqali faqatgina engil avtomobillarning o`tishiga ruxsat beriladi, yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarni olib o`tish taqiqlanadi.

O`zbekiston fuqarosi soddalashtirilgan tartibda — bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmasdan Maqtaaral tumani orqali to`xtalishlarsiz tranzit bilan chegaradan o`tishi mumkin. Bunda davlat chegaralarini kesib o`tish huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Notranzit maqsadlarda Qozog`iston yo`nalishida harakatlanuvchi O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda va O`zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi, hech qanday bojxona deklarasiyalari to`ldirilmaydi, transport vositasi ro`yxatga olinmaydi va bojxona ko`rigidan o`tkazilmaydi, biroq majburiy vizual ko`rik olib boriladi.

Sharhlar

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1