Chet ellik oila Ostona shahrida o`tkazilgan EXPO-2017 ko`rgazmasi hududida 2 yoshli bolani unutib qoldirishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Er-xotin ko`rgazmadan chiqib ketgandan keyin bolani unutib qoldirishgani eslariga tushdi, deb ma`lumot berdi “Ostona EKSPO-2017” xavfsizlik departamenti direktori Rustem Chakenov matbuot anjumanida. Bola sog`-salomat ota-onasiga qaytarilgan.
Rustem Chakenovning so`zlariga qaraganda ko`rgazma o`tkazilayotgan vaqtda 670 ta turli hodisa, shu jumladan 12 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. Hodisalarning 90 foizi voyaga etmagan bolalar bilan bog`liq bo`lgan. Bir oy davomida ko`rgazmani tomosha qilish uchun 5 960 212 kishi kelgan.