Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Muhammadning so`zlariga qaraganda, u ikki yil ilgari vafot etgan rafiqasining ishini davom ettirmoqda. Erkakning o`z o`g`li ham kasal bo`lib, u “billur odam” sindromiga chalingan. Muhammad o`tgan yili kasallikka chalinib, xavfli o`simtani operasiya qildirdi. U asrab olgan bolalarning o`n nafari qo`lida jon bergan. Muhammad bolalar boshidan o`tkazgan qo`rquvni o`z boshidan o`tkazganligini tan oldi. “Operasiya stolida yotganimda, bemor bolalar qanchalik qo`llab-quvvatlashga, yordamga muhtojligini his qildim”, dedi Muhammad.