​VEZUVIY VULQONI UYG`ONIB, O`RMONGA O`T KETDI, SAYYoHLAR QOChMOQDA (VIDEO)

Dunyo 12.07.2017, 15:33
Teglar: Video, Yong`in
​VEZUVIY VULQONI UYG`ONIB, O`RMONGA O`T KETDI, SAYYoHLAR QOChMOQDA (VIDEO)

Italiyada Vezuviy vulqoni uyg`ondi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Vulqonga yaqin joyda joylashgan Neapol shahri aholisi ommaviy ravishda

evakuasiya qilinmoqda. Shaharning beshta tumani aholisi va sayyohlar voqea joyidan qochdi.

Vezuviy vulqoni osmonga qaynoq kul sochganligi tufayli tog`ning yon bag`rida joylashgan o`rmonga o`t ketdi. O`t o`chiruvchilar yong`inning oldini olishga harakat qilsa-da, olovni batamom o`chirishning iloji bo`lmayapti. Vulqon qurigan daraxt va o`t-o`lanlarni yoqishda davom etmoqda. Hukumat o`rmon yong`iniga vulqon emas, ataylab o`t qo`yish ham sabab bo`layotganini taxmin qilmoqda. Chunki 2016 yilda 200 gektar o`rmon vulqonning “aralashuvisiz” yonib ketgan edi.

Vezuviyga ko`tarilish mashhur sayyohlik yo`nalishi hisoblanadi. Mo`ljalga etish uchun daryo sathidan 1000 metr tepalikka avtobusda, qolgan 200 metriga esa piyoda chiqish lozim bo`ladi. Krater tinch turgan vaqtida uning qiziqarli joyi yo`q, ammo yuqoridan Neapol shahrining, ko`rfazning manzarasi juda chiroyli ko`rinadi.

Eramizdan oldingi 79 yilda zilzila sababli Vezuviy uyg`onishi oqibatida uchta — Pompey, Gerkulanuma va Stabiya shaharlari olovli kul tagida qolib, yo`q bo`lgan. Pompey shahri hozirgi kunda ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1